Diqqat
-
Standart Wi-Fi xalaqiti 64mW EIRP maksimal chiqarish quvvati bilan 2.4 Gs
802.11b/g/n/ax rejimiga asoslanadi.
-
10 mW EIRP dan kam RCH chiqishli 2,4 Ggs chastotada 5.2 (LE) Bluetooth
versiyasi.
-
Jihoz faqat u bilan berilgan quvvat taʼminoti bloki bilan ishlatish uchun
moʻljallangan.
-
Jihoz uyda normal ish sharoitida ishlatishga moʻljallangan.
-
Doim jihozni quruq, barqaror, tekis va gorizontal sirtga joylang va
foydalaning.
-
Havo olish va havo chiqarish teshigini toʻsmang.
-
Jihozning ustiga hech narsa qoʻymang va uning ustiga oʻtirmang yoki
turmang.
-
Faqat bu jihoz uchun moʻljallangan asl Philips filtrdan foydalaning. Boshqa
filtrdan foydalanmang.
-
Jihozning yuqorisidagi havo olish teshiklariga suv quymang.
-
Suv bakini faqat sovuq vodoprovod suvi bilan toʻldiring. Yer osti suvi yoki issiq
suvdan foydalanmang.
-
Suv bakiga suvdan boshqa modda quymang. Suvga efir moylari yoki kimyoviy
moddalar qoʻshmang. Faqat suvdan foydalaning (vodoprovod, tozalangan,
mineral, har qanday portativ suv turi).
-
Jihozga (ayniqsa, havo olish va havo chiqarish teshiklariga) qattiq jismlar bilan
urmang.
-
Jihozni gaz bilan ishlaydigan jihozlar, isitish qurilmalari yoki oʻchoqlar
yaqinida ishlatmang.
-
Jihozga kondensatsiya toʻkilishining oldini olish uchun uni konditsionerning
ostiga joylamang.
-
Jihozni uyda hasharotlarni qochiradigan tutunli vositalar qoʻllanganda yoki
moyli qoldiqlar, yonayotgan chiqindilar yoki kimyoviy bugʻlar boʻlgan joyda
ishlatmang.
-
Jihozni nam sirtlar yoki namlik darajasi yuqori yoki tashqi harorati yuqori
boʻlgan joylar, masalan, hammom, hojatxona, oshxona yoki harorat keskin
oʻzgaradigan joylarda ishlatmang.
-
Jihozni surish, uni tozalash, suv quyish, filtrni almashtirish yoki boshqa xizmat
koʻrsatish ishlarini bajarishda har doim uni rozetkadan uzib qoʻying.
-
Filtrni kir yuvish mashinasi yoki idish yuvish mashinasida yuvmang, aks holda
filtr shaklini yoʻqotishi mumkin.
-
Jihozdan uzoq muddat foydalanilmasa, filtrlarda bakteriya va mogʻor
toʻplanishi mumkin. Suv bakini tozalang va namlash filtrini quriting. Jihozni
qayta ishlatishdan oldin filtrni tekshiring. Agar filtrda qora dogʻlar boʻlib juda
iflos boʻlsa, uni almashtiring.
-
Efir moylari mahsulot toʻplamiga kiritilmagan. Zarur boʻlsa, efir moylarini xarid
qiling va ishlating.
-
Xushboʻy hid berish qutisiga efir moyi quyishdan oldin mahsulot elektr
tarmogʻidan uzilganiga amin boʻling.
-
Xushboʻy qutiga efir moylaridan boshqa moddalarni qoʻshmang.
-
Efir moylarini ishlatishdan oldin xavfsizlik boʻyicha koʻrsatmalarni diqqat bilan
oʻqing va ularga rioya qiling.
O'zbek
349